“NAZM VA NAVO” KEChASI

“NAZM VA NAVO” KEChASI

O‘zbek adabiyotining so‘nmas siymolari Alesher Navoiy va Zaxriddin Muxammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “NAZM VA NAVO” kechasi  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda  7 fevral kuni tashkil etildi.

“NAZM VA NAVO” kechasini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Hojimatov Minhojiddin Mirzajonovich ochib berdi.

Konsert dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi sn’atkorlari, R. Glier nomidagi  Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilar  chiqishlari barcha tinglovchilarning qalbida unutilmas taassurot qoldirdi. “NAZM VA NAVO” kechasiga taklif etilgan ta’lim muassasalarida yoshlari she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari asosida yaratilgan mumtoz qo‘shiqlarni tinglab zavq olishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan