Nazm va navo

Nazm va navo

Joriy yilning 6 fevral kuni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida ulugʻ bobokalonimiz Zahriddin Muhammad Bobur ijodiga bagʻishlangan “Nazm va Navo” kechasi tashkil etildi. Kechani badiiy rahbari professor Rifatilla Qosimov, dasturni Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Shuhrat Qayumov olib boradi, gʻazallarni Avazxon Xoshimov va Dilfuza Nurmatova oʻqiydi hamda “Maqom cholgʻu ijrochiligi” kafedrasining professor-oʻqituvchilari va joʻrnavozlaridan iborat Faxriddin Sodiqov nomidagi sozandalar ansambli Yunus Rajabiy nomidagi Xalqaro va Respublika maqom ijrochilari tanlovining sovrindorlari tomonidan ijro etilgan kuy va Bobur gʻazallari asosida yaratilgan dilbar ashulalar yigʻilganlar koʻnglida xushnudlik -uygʻotdi.
Mutafakkir bobokalonlarimizning boy ijodiy merosi, ularda ulugʻlangan umumbashariy gʻoyalar insonni ezgulikka chorlaydi.

 

Share