Bag‘ishlov

Bag‘ishlov

Mustaqilligimiz shabbodasi o‘zbek xalqini o‘zligini dunyo pog‘onalarga olib chiqdi. Har bir sohaga katta imkoniyatlar yaratildi. Shular qatori san’at ustalari ham mustaqilligimiz sharofati ila o‘z qobilyatlari va bilmlarini nafaqat kichik davralarda, balki butun dunyo mamlakatlarida o‘zbek san’atini namoyish etdilar. Davlatimiz har sohaga imkoniyatlar yaratdi. O‘zbek maqom san’atiga, milliy cholg‘ularga, o‘zbek raqsiga bundan tashqari jahon klassik musiqa durdonalariga e’tibor yaratildi. Ayniqsa, jamoa bo‘lib uyushib ishlaydigan Xor jamoalariga katta vazifa yuklandi. Shu qatorda Professional, kamer va xavaskor xor jamoalari tashkil etildi.

Havaskor o‘smirlar xorining tashkil topganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa ham juda murakkab asarlarni professionallik tomon yo‘naltirishmoqda.Markaziy Osiyo millatlarini  balki butun dunyo e’tirof etgan jaxon klassik musiqalari bo‘lmish asarlarini ijro etishni o‘z zimmalariga olishdi. Bunga misol keltirib O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud kuning xotiralariga bag‘ishlangan jaxon musikasining durdonasi xisoblanmish “Rekviem”ni aytib o‘tish mumkin.

“Rekviem”asari Avstriya kompozitori V.A.Mosart tomonidan 1791yil Vena  shaxrida  re minor tonalnigida  messa shaklida yaratilgan.  “Rekviem” 12 qismdan iborat bular:

  1. Requem aeternam (Abadiy orom)
  2. Dies irae (Qiyomat kuni)

3.Tuba mirum (Sur chalinadigon kun)

  1. Rex tremendae ( Titratadigon podsho)
  2. Recordare Jesu pie( Raximdil Issinu esla)
  3. Confutatis maledictis( Gunoxkorlarni kechir)
  4. Lacrimosa (Kuz yoshi )
  5. Domine Jesu(Yaratguvchi Issus )
  6. Hostias( Qurbonlar)
  7. Sanctus (Muqadas )
  8. Benedictus( Raxmatli bo‘ldi)
  9. Agnus Dei( Tangri mo‘mini)

Ushbu bag‘ishlov kechani  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi musiqashunos  Inessa Gulzarova o‘zining iliq so‘zlari bilan konsert dasturini ochib berdi.

“Rekviem” asarini “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs ansamblining o‘smirlar xor jamoasi, milliy orkestr va Navoiy teatri solistlari  ijro etdilar. Xor raxbari Shermat Yormatov, xormeyster O‘ktam Shokarimov. Orkestr dirijori Alibek Kabduraxmanov. Solistlar Kiril Barchininov, Yanika Bagryanova, Malika Normatova va Rustem Ilyasov. Shuni aytib o‘tish joizki asar O‘zbekistonda ilk bor to‘liq holda ijro etildi.

Bag‘ishlov kechasi tinglovchilar qalbidan chuqur joy oldi. Ijrochilar hamda tomoshabinglar asar ijrosi davomida Birinchi Prezidentimizni bir lahza xotirlab o‘tdilar. Muhtaram yurtboshimiz san’at sohasiga katta zamin yaratib bergan. Bir katta anjumanda “Qachon xalkimiz kuylaydi”–deb kuyinib hitob qilganlar edi  mana bu armonlari ham amalga oshdi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, konsert juda ham muovfaqiyatli o‘tdi va tinglovchilar tomonidan  olkishlarga sazovor bo‘ldi. Meni fikrimcha xarqanday vaziyatda birlashib uyushqoqlik bilan ko‘p narsaga erishish mumkin.

Share