“Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan” targ‘ibot

“Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan” targ‘ibot

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 27 dekabr kuni o‘tkazilgan mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlarni ijrosini ta’mirlash maqsadida Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 01-07/64-sonli xatiga binoan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 31 yanvar kuni  talaba-yoshlar o‘rtasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Konservatoriya dekani D.Himmatov va yurist-konsul J.Nazrullaev tomonidan talabalarga yoshlar huquqi bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berishdi. Targ‘ibot tadbiri qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tdi. Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga qurishimiz lozimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share