5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA

5 TA MUHIM TASHABBUS AMALDA

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘rta maktablar bilan hamkorlik tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. Bugun ham Shayxontohur tumanidagi maktablar bilan o‘quvchi-yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha elimiz ardoqlagan san’atkorlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova, Saida Rametova va Ra’no Yarashevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. San’atkorlarimiz tomonida o‘quvchi yoshlarga 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishlari haqida suhbat olib borishdi. O‘z ijod namunalaridan ijro qilib berishdi.
Uchrashuvdan so‘ng “Noyob cholg‘ular” muzeyiga tashrif buyurishib muzeyimizda mavjud cholg‘ular tarixi haqida ma’lumotlar olishdi xamda Konservatoriyaning Organ zali bilan tanishib organ musiqasiddan bahramand bo‘lishdi.

O’zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share