“NAZM va NAVO” kechasi

“NAZM va NAVO” kechasi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida joriy yilning 24 yanvar kuni Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilliga bag‘ishlangan Navoiy g‘azallari asosida professor Rifatilla Qosimov badiiy rahbarligida «Nazm va Navo» ruknidagi adabiy-musiqiy, ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Kechada maqom san’atining yurtimizdagi eng sara ijrochilari hamda elimiz ardog‘idagi ustoz san’atkorlar ishtirok etdilar. “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasining professor-o‘qituvchi va jo‘rnavozlaridan iborat  sozandalar ansambili ijrolari maqom san’ati an’analarini yanada rivojlantirish, asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish, san’at ixlosmandlari orasida targ‘ib etish va ommalashtirish omil bo‘lib kelinmoqda.

Dasturni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov olib bordi.  Sahnalashtiruvchi rejissiyor  O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi – Alisher Madrahimov g‘azallarni Avazxon Hoshimov o‘qidi.

Buyuk ajdodimiz so‘zlariga bastalangan badiiy barkamol qo‘shiqlar tinglovchilarning estetik didini yuksaltirish, musiqiy saviyasini oshirish, ona tilimizga yanada ko‘proq hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Matbuot xizmati

Share

Tavsiya etilgan