Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish islohatlari yo‘lida

Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish islohatlari yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga navbatdagi Murojaatnomasida joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimiga o‘tish masalasi bo‘yicha aniq vazilar belgilab berildi.

Oliy ta’lim qamrovini oshirish maqsadida bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazash, ularni qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytirish qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratish, asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirish va  asosiy urg‘uni chinakam bilim va tarbiya olishga qaratish ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilib, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqan holdamutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirishga alohida urg‘u berilgani aynan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ta’lim jarayonlarini tubdan isloh qilish uchun dasturu amal bo‘lib xizmat qiladi.

Konservatoriyaning 20 nafar professor-o‘qituvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan  chet elda malaka oshirib kelishgani o‘quv jarayonlarida yangilik bo‘lgani bu yil ham” jamg‘arma tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborilishi tahsinga loyiqdir.

Bundan tashqari, bu yil madaniy hayotimizdagi muhim voqea – Shahrisabz shahrida Ikkinchi xalqaro Maqom festivalini muvaffaqiyatli o‘tkazishimiz kerakligi Maqom san’atiga bo‘lgan e’tibor yuqoriligidandir. Yoshlarni milliy maqom san’tiga bo‘lgan munosabatini o‘zgarishga omil bo‘la oladi.

Yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etilishi  hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “O‘zbekiston yoshlari – 2025” konsepsiyasini ishlab chiqishi, unda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishni yangi bosqisga olib chiqishdan darak beradi.

Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – birinchi darajali vazifamiz deb bilib, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish borasida aniq maqsadli reja asosida o‘z faoliyatimizni davom ettirib yangi bosqichga olib chiqish uchun bor kuch g‘ayratimizni ishga solamiz.

                                                                                                                                     Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i                                     Feruza Qurbonova

Share