Talaba – yoshlar bilan uchrashuv

Talaba – yoshlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 25 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A.Mansurov  3 kurs talaba – yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis palatalariga navbatdagi Murojaatnomasida joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimiga o‘tishi unda Oliy ta’lim qamrovini oshirish, qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytirish qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratish, asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar haqida aytib o‘tdi.

Konsevatoriyada o‘qitiladigan fanlarni qayta ko‘rib chiqan holda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirib, mutaxassisilik fanlarga alohida e’tibor berilishini takidladi.

Hozirda yakuniy nazorat attestatsiyasilar jarayonlari  bo‘lib o‘tayotganligi sababli, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiya holatlari yuz bermasligi uchun ogohlikka chaqirdi.

Yakuniy nazorat attestatsiyasilari tugaganidan so‘ng, talabalarni o‘quv amaliyot jarayonlari haqida suhbatlashdi. O‘quv amaliyoti uchun ma’sul bo‘lgan hodimlarga va professor-o‘qituvchilarga kerakli topshiriqlar berdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar olishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Matbuot xizmati

 

Share