O‘zbekiston davlat konservatoriyasida navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2020 yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD 29.11.2017 San. 54.01 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Ashurov Baxtiyor Shokirovichning “XVI-XVII asrlarda milliy musiqa tafakkur rivojining zamonaviy talqini (Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali Changiy “Risolai musiqiy”lari asosida)” mavzusidagi 17.00.02 – “Musiqa san’ati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Dissertatsiyaga San’atshunoslik fanlari doktori, professor Abdullaev Rustambek Samigovich ilmiy rahbarlik qildi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 17 ta, jumladan, respublika jurnallarida 4 ta va xorijda (Rossiya) 2 ta maqola, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 11 ta tezis chop etilgan. Ilmiy Kengashga jami 17 ta taqriz (5 ta xorijdan va 12 ta O‘zbekistondan) kelib tushgan bo‘lib, barchasi ijobiy deb xulosalangan.

B.Sh.Ashurovning “XVI-XVII asrlarda milliy musiqa tafakkur rivojining zamonaviy talqini (Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali Changiy “Risolai musiqiy”lari asosida)” mavzusidagi dissertatsiyasi 17.00.02 – “Musiqa san’ati” ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

Yosh, izlanuvchan olim B. Ashurovni yangi ilmiy unvon bilan qutlagan holda, kelgusi faoliyat va ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Share