Ustozga e’tirof

Ustozga e'tirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 8 avgust, PQ-3178-sonli qaroriga binoan konservatoriyaning maqomi va nufuzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rektori hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor Baxtiyor Sayfullaev tomonidan 3 yillik ish faoliyatlari davomida Ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini oshirish maqsadida 5 ta fakultet, 23 ta kafedralari qayta tashkil etildi, yo‘nalishlar bo‘yicha sifatli kadrlar tayyorlash ishlari jadallashtirildi. Talabalar soni 1463 nafardan 1770 nafarga, magistrantlar soni 64 nafardan 75 nafarga oshirildi. Ularga 247 nafar professor-o‘qituvchilar bilim berib kelmoqdalar. Ilmiy salohiyat 45,2% etkazildi.

17.00.03-Musiqa san’ati Ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish uchun ixtisoslashtirilgan kengash faoliyati tashkil etildi. Ushbu kengashda hozirgi kungacha 6 nafar  doktarantga ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi. “MUSIQA” deb nomlangan ilmiy-uslubiy jurnal noshirlik faoliyat olib bormoqda. Har uch oyda  1 marotaba nashr etiladigan ushbu jurnal 2019 yildan OAK tasarrufidagi Respublika jurnallari ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-f-sonli Farmoyishiga muvofiq konservatoriyada 25 aprelda “Musiqa san’atida an’ana va zamonaviylik” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 5 noyabrda “XXI asr musiqa san’ati: muammo va echimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi, 3-5 aprel kunlari “Navro‘z sadolari” IV Xalqaro ko‘p ovozli milliy cholg‘ular ansambl va orkestrlar festivali doirasida “San’atkor madaniyatiga oid talabalar va yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalalari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda pedagog-xodimlar o‘z ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar, tezislar to‘plam ko‘rinishida chop etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2018 yil 6 apreldagi PQ-3656-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi 01-07/1-1208-son majlis bayoni hamda Madaniyat vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 360-son buyrug‘iga asosan joriy yil 6-9 sentyabr kunlari ko‘hna va navqiron SHahrisabz shahrida “Xalqaro milliy maqom san’ati” festivali doirasida «Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda maqom bilimdonlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi yosh ijodkorlarni tarbiyalovchi muassasa bo‘lib, unda har bir talabalarning o‘ziga xos iqtidori va o‘ziga mos ijod namunalari namoyon bo‘ladi. Hozirgi kunda konservatoriyada, uning huzuridagi litseylarida taxsil olayotgan talaba-o‘quvchilarning barchasi iqtidorli bo‘lib, Respublika va Xalqaro tanlovlar mukofotlari va diplomlari sohibidir. Bundan tashqari 6 nafar talaba-yoshlar Islom Karimov nomidagi  va A.Navoiy nomidagi davlat stipendiatlari bo‘ldi.

O‘zDK huzuridagi  Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazi  uchun 6 qavatli 400 o‘rinli yotoqxona va o‘quv binosida qurilish ishlari avjida. SHu bilan birga viloyat bolalar musiqa, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari o‘qituvchilarini malakasini oshirish reja asosida olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Yamaha” firmasining profesional ovoz kuchaytirgich moslamalari ajratildi.

Axborot resurs markazi kapital ta’mirlandi va to‘liq jihozlandi. Hozirgi kunda ARM umumiy fondida 274959 dona kitob mavjud. Ulardan, darsliklar 69546 dona, o‘quv qo‘llanmalari 137506 dona, badiiy adabiyotlar 23149 dona, audio kitoblar 108 dona va elektron kitoblar 12436 donani tashkil etadi. YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha taniqli yozuvchi, shoir va adabiyotshunos-olimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbuslari bo‘yicha  konservatoriya TTJlari ta’mirdan chiqarildi, tashabbus xonalari tashkil etilib, moddiy texnik bazasi to‘liq yangilandi.

 O‘zDKda «Kompozitor» sport klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  Sport klubi tomonidan «Stol tennisi», «SHaxmat», «SHashka», «Gimnastika», «Fitnes», «Basketbol», «Voleybol», «Mini futbol» kabi sport turlari to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Respublikada musiqa san’ati bo‘yicha tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Mazkur sohaga ixtisoslashtirilgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda barchaga o‘quv-uslubiy metodik yordam ko‘rsatmoqda.

Konservatoriya professor-o‘qituvchilari Respublika va xalqaro darajada ilmiy-ijodiy faoliyat olib boradilar. Respublikamizda nishonlanadigan barcha bayram tadbirlarida asosiy ijrochilar sifatida jalb etiladi. SHuningdek xorijiy mamlakatlarda ham o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, konsertlarda O‘zbekiston musiqa san’tini namoish etishadi.

Konservatoriyaning eng katta yutuqlaridan biri-musiqa san’ati ta’limida milliy va ana’anaviy ijrochilik san’ati yo‘nalishini saqlab qolib, zamonaviy ta’lim berishi uchun xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda zamonaviy ta’lim tizimiga tadbiq etiyotganligidir.

O‘zbekiston davlat konservatoriyaning so‘ngi 3 yil davomida amalga oshirgan  ishlarida, yutuqlarida  B.Sayfullaevning mehnatlari juda katta, alohida e’tirofga loyiq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil  17 b yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi  Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining    77-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq Baxtiyor Sayfullaev O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlanganliklari hamda Oliy Majlis Senatining ilk yalpi majlisida senatorlar tomonidan Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisligiga bir ovozdan saylanganliklari, Prezidentimiz tomonidan ustoz-san’atkor, olim madaniyatimiz arbobiga bildirilgan yuksak ishonchlari natijasidir.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi o‘z ishiga fidoyi va mas’uliyatli, madaniyat va san’at bilimdoni,  professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning talabchan rahbari hamda ustozi Baxtiyor Sayfullaevni chin qalbimizdan muborakbod etib, davlatimiz va jamiyatimiz rivoji uchun sharafli mehnat yo‘lingizga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Martabangiz bundan-da baland, ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin! Doimo sog‘-omon yuring, aziz Ustoz!!!

 SIZGA CHUQUR MINNADDORCHILIK HISSI BILAN O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI JAMOISI VA TALABA – YOSHLARI.

Share