O’zbekiston Respublikasi Prezidentining murojaatnomasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining murojaatnomasi

Prezident Shavkat Mirziyoev juma, 24 yanvar kuni soat 11:00 da Oliy Majlisga Murojaatnomani taqdim etadi.

O‘zbekiston taraqqiyotidagi eng muhim ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi yillik Murojaatnomani MTRKning 4 teleradiokanali, 5 telekanali hamda 12 hududiy teleradiokompaniya, shuningdek, 5 nodavlat telekanal hamda Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, internetdagi tegishli saytlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin.

Aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida Murojaatnoma surdotarjima bilan, shuningdek, rus va ingliz tillariga tarjima bilan efirga uzatiladi.

Share

Tavsiya etilgan