O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida o‘tkazilgan videoselektor yuzasidan suhbat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida o‘tkazilgan videoselektor yuzasidan suhbat

Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov 2020 yil 18 yanvar kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilish videoselektori yuzasidan konservatoriyaning mas’ul xodimlari bilan suhbat o‘tkazdi.

Konservatoriya mas’ul xodimlariga N.Yo‘ldoshev o‘z ma’ruzasida ta’kidlagan: oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli va qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar, oliy ta’lim sohasida korrupsiya tarqalgan yo‘nalishlar, jumladan, talabalik safiga qabul qilish, o‘quv jarayonida topshiriladigan turli sinovlar, talabalarning bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish, magistraturaga qabul, shuningdek, talabalarning o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga qayta tiklashda korrupsiya holatlari kuzatilayotganligi haqida ma’lumotlar berildi.

20 yanvardan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasida yakuniy- nazorat attestatsiya jarayonlari boshlanganligi sababli professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiya holatlari yuz bermasligi uchun fakultet dekanlariga doimiy nazorat ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

 

 

Share

Tavsiya etilgan