Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisligiga senator Baxtiyor Sayfullayev saylandi

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisligiga senator Baxtiyor Sayfullayev saylandi

20 yanvar kuni yangi tarkibdagi Oliy Majlis Senatining ilk yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev Senatning har bir qo‘mitasi o‘z faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib chiqib shakllantirishi lozimligini. O‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish zarurligini. Bu amaliyot aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish imkonini berishini aytdi.

Oliy Majlis Senatining ilk yalpi majlisida senatorlar tomonidan xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari, budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish, mudofaa va xavfsizlik masalalari, fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari, yoshlar, madaniyat va sport masalalari, agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitalari, shuningdek Reglament va odob komissiyasi tashkil etildi.

Har bir qo‘mita va komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari va a’zolari saylandi.

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisligiga senator Baxtiyor Sayfullayevich Sayfullayev nomzodi qo‘yildi va qo‘mita raisligiga bir ovozdan saylandi.

 

 

 

Share

Tavsiya etilgan