Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan yana bir tadbir

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan yana bir tadbir

2020 yilning 17 yanvar uni Moliya instituti akademik litseyida “14yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqiy pedagogika fakulteti dekani Ahad Mamadaliev ,kafedra o‘qituvchisi Umida Hamidova boshchiligidagi bir qator talabalar ham ushbu tadbirda ishtirok etishdi.

Tadbirning badiiy qismida talabalar o‘z ustozlari boshchiligida kuylar ijro etib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdilar. Tadbir so‘ngida yosh avlodni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda qo‘shgan hissasi, shu bilan birga mazkur litseyda “14yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etgani uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasiMusiqiy pedagogika fakulteti “Cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash” kafedrasi o‘qituvchisi Hamidova Umidaxon Habibullaevnaga akademik litsey rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma” taqdim qilindi.

Biz ham o‘z navbatida U.Hamidovagafaoliyati va izlanishlarida, yoshlar tarbiyasidek mashaqqatli va mas’uliyatli ishlaridaomad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

 

Share