Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining talabalar bilan uchrashuvi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining talabalar bilan uchrashuvi

Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov bilan O‘zbekiston Milliy universiteti Bosh binosi kutubxonasida talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova boshchiligida “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Mirzajonov Otabek,  “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Toshpo‘latova Sanobar, “Maqom cholg‘u ijrochiligi” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Yo‘ldoshev Samandar, “Xalq cholg‘ulari orkestr dirijorligi” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Muhammadjonova Mohinur hamda “Kasb ta’limi: cholg‘u ijrochili” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Egamov To‘rabeklar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida I.Majidov talabalarning taklif va mulohazalarini eshitdi. Muammoli masalalar batafsil muhokama qilindi va ularni hal qilish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.

 

Share