Madaniyat vazirining Konservatoriya talabalari bilan ochiq muloqoti

Madaniyat vazirining Konservatoriya talabalari bilan ochiq muloqoti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda bugun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2-bosqich talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda yoshlarning muammolari, rejalari, sohani rivojlantirishga oid takliflari yuzasidan erkin savol-javoblar orqali fikr almashinildi.

Talabalar tomonidan estrada, xalq cholg‘ulari ansambllarini tashkil etish va ularni gastrol safarlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan takliflari, savol va muammolarini tinglab, ularni amalga oshirish uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi  prorektorlari va ma’sul xodimlariga topshiriqlar berildi.

 

Share

Tavsiya etilgan