Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Konservatoriya talabalari bilan uchrashdi

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Konservatoriya talabalari bilan uchrashdi

16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaevning O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalarning istak va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar yechimlari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Uchrashuv avvalida B.Sayfullaev talabalar bilan ko‘rishib turganidan hursand ekanliklarini, 1-bosqichda o‘qiyotgan talabalar bilan tanishuv va mavjud muammolar, takliflar borasida suhbatlashish uchun tashrif buyurganliklarini ta’kidladilar.

O‘z so‘zlarida vazir talabalarga qarata: “Menga faol talaba, vatan koriga yaraydigan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislar kerak, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev e’tibori va ishonchiga munosib bo‘lgan yoshlar zarur. Bu borada sizlardan faqat mexnatsevarlik, ilmiy-ijodiy ishlar bilan jiddiy shug‘ullanish, intellektual salohiyatingizni har jabhada namoyon etishingiz talab etiladi”, – dedilar.

Befarqlik va ijodiy izlanishlarda sustkashlikni qoralab, san’at oliy ne’mat ekanini, chinakam san’at egalari, ijod ahlida yomonlik, buzg‘unchi g‘oyalarga ergashish kabi salbiy jihatlar bo‘lmasligi haqida atroflicha gapirdilar.

Ohirgi uch yilda yurtboshimiz Sh.Mirziyoev tomonidan madaniyat va san’at sohasiga qaratilgan yuksak e’tibor tufayli sohada izchil yuksalishlar, jumladan: jahon hamjamiyati bilan madaniy diplomatiya yo‘lga qo‘yilgani, Buxoro – Islom olami madaniyati poytaxti, Xiva – turkiy xalqlar dunyosining madaniyat poytaxti etib belgilanligi, Xorazmning “Lazgi” raqsi O‘zbekiston madaniy boyligi elementi sifatida YuNESKOning Insoniyat nomoddiy boyliklarining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida so‘zladi.

Bundan tashqari, ta’lim tizimidagi korrupsion holatlarning ta’lim sifatiga salbiy ta’siri va bu holatni butunlay bartaraf etilishi zarurligi, bu borada ta’lim muassasasida mavjud adolat qutilariga talabalarning xatlar qoldirishlari, bu xatlarni shaxsan o‘zlari o‘qib, masalalarni hal qilishlari, qat’iy choralar ko‘rishlarini ta’kidladi.

Shuningdek, talabalarning taklif va muammolari tinglandi. Talabalar asosan maxsus fanlar soatlarini ko‘paytirish, yakka amaliy fanlardan darslarni tashkil etish borasida takliflar berishdi. Bundan tashqari, talabalar tomonidan chet tili va axborot texnologiyalari fanlaridan amaliy darslar o‘tilishi, darslarni yangi pedogogik texnologiyalar bilan qiziqarli tarzda olib borilishi, eng faol va bilimli talabalarni tanlovlar asosida belgilab, chet elga amaliyot o‘tashga yuborilishi bo‘yicha takliflar berildi

Share

Tavsiya etilgan