Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga talaba-yoshlarning tashrifi

Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga talaba-yoshlarning tashrifi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev boshchiligida poytaxtimizning eski shahar hududida qad rostlagan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, ijod maktabi va muzey, uning oldiga o‘rnatilgan buyuk adib haykali hamda yozuvchi istiqomat qilgan, ko‘p yillardan buyon ta’mir talab bo‘lib qolgan xonadonning obod maskanga – uy-muzeyga aylantirilishi tarixiy voqea bo‘ldi.

Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talaba-yoshlari Toshkentning Samarqand darvoza ko‘chasidagi ijodkor yashagan xonadondagiAbdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.

Talabalar bu yerda yozuvchining hayot yo‘li va uning ijodiga mansub asarlar bilan yaqindan tanishdilar. Ularda Abdulla Qodiriyning bir qo‘lida kitob ushlagan holda o‘tirgani tasvirlangan haykal o‘zgacha taassurot uyg‘otdi.

 

Share