“Vatan uchun yashaylik” mavzusidagi ko‘rgazma

“Vatan uchun yashaylik” mavzusidagi ko‘rgazma

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilishdagi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini, shuningdek, O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy tuzilmalarning 1992 yil 14 yanvardan Respublika yurisdiksiyadan  o‘tkazilganligini inobatga olib, “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan.

“Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risidagi” qonunga binoan, mamlakatimizda  “14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni” milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlanishi o‘ziga xos an’anaga aylangan.

Shu kunlarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ishtirokida “14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni”ga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma yoshlarimizning ma’naviyatini yanada yuksaltirish, istiqlolni ulug‘lash, ularning vatanga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish maqsadida tashkil qilindi.

Ko‘rgazmaning ochilishida Ko‘rgazma va xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Jasur Jabbarov so‘zga chiqib, barchani bayram bilan qutlagan holda ko‘rgazma va uning maqsad-vazifalari xususida to‘xtaldi. Ko‘rgazmaning zal kuzatuvchisi Madina Pirmetova  ishtirokchilarga eksponatlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ko‘rgazma professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirokida davom etmoqda.

 

Share

Tavsiya etilgan