“ELINE CONSULT” ilmiy-maslahat markazi mutaxassislarining konservatoriyaga tashrifi

“ELINE CONSULT” ilmiy-maslahat markazi mutaxassislarining konservatoriyaga tashrifi

2020 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga “ELINE CONSULT” ilmiy-maslahat markazining Xorijiy nashriyotlar va kompaniyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Pazilova Nargiza Axmadovna hamda Xorijiy nashriyotlar va kompaniyalar bilan ishlash bo‘limi menedjeri Yem Yuliya Pavlovna tashrif buyurdilar.

“ELINE CONSULT” mutaxassislari o‘zlarining ish faoliyatlari va bevosita qaysi tizimlardan foydalanishlari haqida taqdimot o‘tkazdilar. Taqdimotda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S.Gafurova, Ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov, O‘zDK professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, magistr va doktorantlar ishtirok etishdi. O‘zaro muloqot chog‘ida markaz mutaxassislari OXFORD akademik elektron kutubxona tizimi haqida ma’lumot berib, kelgusida ushbu tizimdan foydalanishga kelishildi.

Ushbu markaz o‘qituvchilar, ilmiy daraja ilmiy darajaga intilayotgan talabgorlar, fan-ta’lim hamda ilmiy markaz va muassalardagi yosh olimlarga ilmiy-informatsion yo‘nalishda yordam ko‘rsatadi.

“ELINE CONSULT” ilmiy maqolalar yozishda konsultatsiya,  dissertatsiya ishiga tayyorlanish va yozish bo‘yicha maslahat, mavzu bo‘yicha ilmiy-informatsion manbalarni izlashda yordam ko‘rsatish, maqolalarni xorijiy jurnallarda chop etishga yordam ko‘rsatish, ingliz tilida ilmiy maqolalarni yozish bo‘yicha maslahat berish va shu kabi ko‘plab yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishini ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz.

Share

Tavsiya etilgan