“EHTIROM – 2019”

“EHTIROM – 2019”

Joriy yilning 11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan yurtimizda faol va sermahsul ijod qilayotgan san’at, madaniyat va ijodiyot sohasi vakillari, shuningdek, o‘z ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan ustoz san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Ehtirom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi o‘qituvchisi Nurali Erkayev “Yil bastakori” nominatsiyasida “Ehtirom – 2019” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Nurali Erkayevni mukofot bilan tabriklagan holda kelajakda ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

 

Share

Tavsiya etilgan