Rasul Hamzatovning “Mening Dog‘istonim” badia kitobini taqdimoti

Rasul Hamzatovning “Mening Dog‘istonim” badia kitobini taqdimoti

Davlatimiz rahbari yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Shu maqsadda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan Rasul Hamzatovning “Mening Dog‘istonim” badia kitobini taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mo‘min, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotining marketing bo‘limi mutaxassisi Shirinxon Abdujabborova hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Feruza Qurbonovalar ishtirok etib, ushbu kitobning nashrga tayyorlash jarayonlari va uning mohiyati haqida  ma’lumotlar berishdi.

Talaba-yoshlarga  ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgani, shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala ekanligi,ular qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘lishi haqida aytib o‘tildi.

Taqdimot bilan birgalikda  “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan kitob savdosi ham tashkil etilgani quvonarli jihatlardan bo‘ldi.

Share