O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida konservatoriya mas’ul xodimlari, dekan va dekan muovinlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarga Shayxontohur tumani prokuraturasi hamda Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni profilaktikasini tashkil etish guruhining mas’ul xodimlari taklif etildi. Tadbirni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i F.Qurbonova ochib berib, qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun va uning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Akademik ijrochilik fakulteti dekani D.Himmatov korrupsiya va uning tarixiy o‘zaklari, kelib chiqishi xususida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shayxontohur tumani prokuraturasi xodimi Sh.Abdullaev o‘z so‘zida korrupsiya va uning mohiyati xususida to‘xtaldi.

Shuningdek, Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni profilaktikasini tashkil etish guruhining mas’ul xodimlari ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va ularga qarshi kurashish borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

O‘tkazilgan mazkur seminar yoshlarga korrupsiya tushunchasining mohiyati va uning ijtimoiy hayotdagi salbiy jihatlari hamda bu illatga qarshi murosasiz bo‘lishlarida keng tushunchalar berib, ularning bilim sa’viyasini yanada oshirdi.

 

 

Share