Yangi yil quvonchlari

Yangi yil quvonchlari

Yangi yil kirib kelishi bilan insonlarda yangi g‘oyalar, ezgu ishlarga niyatlar, mehr ulashishga bo‘lgan rag‘bat kuchayadi. Ayniqsa, bolajonlarning xursandchiligi, ularning shodon chehralaridagi tabassum boshqa insonlarni ham quvontiradi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Muruvvat” va “Sahovat” internat uylari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Respublika Vasiylik Kengashi tashabbusi bilan 27 dekabr 2019 yildan 10 yanvar 2020 yilga qadar bolalar, shu jumladan, “Muruvvat” va “Sahovat” internat-uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Yangi yil quvonchlari” nomli Yangi yil tomoshalari bo‘lib o‘tmoqda.

Yangi yil tomoshalarida Toshkent shahridagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Orom” ashula va raqs dastasi ijodiy jamoasi hamda Xoreografiya oliy maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etmoqdalar.

O‘tkazilayotgan bayram tomoshalari jajji kichkintoylar hamda   internat-uylari tarbiyalanuvchilari uchun unutilmas lahzalarni ulashib, ularga manzur bo‘lmoqda.

Share