Saylov-2019

Saylov-2019

Mamlakatimizda 2019 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, bu saylovlarda beshta partiya nomzodlari orasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 125 deputat saylangan, deb topildi. O‘z navbatida, 25 deputatlik o‘rni uchun takroriy ovoz berish haqida qaror qabul qilindi.

Bugun, 2020 yil 5 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 saylov okrugidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi 5 – “O‘qchi okrugi”ning 645-saylov uchastkasida ham takroriy ovoz berish erta tongdan boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori professor Baxtiyor Sayfullaev tashrif buyurib “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tayotgan ushbu siyosiy jarayonlarni kuzatdi.

Okrug, saylov uchastkalari a’zolari hamda saylovchilar bilan suhbatlashdi. Saylov natijalariga ko‘ra kelgusida ishonch bildirilib yangi saylangan deputatlardan istiqbolli islohotlarda faol bo‘lib, O‘zbekistonni yanada rivojlantirishga xizmat qilishlarini aytib, barcha sa’y-harakatlar eng avvalo, xalq manfaatlari uchun ekanligini ta’kidladi.

Share