O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

2019 yil 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Videoselektor yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Urishevich Majidov olib bordi.

Videoselektor yig‘ilishida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 dekabrdagi faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar ijrosini oliy ta’lim muassasalari tizimida tashkil etish;
  • tashqi beg‘araz ko‘mak va xorijiy donor tashkilotlarning grant mablag‘larini jalb etish;
  • bakalavriat va magistratura talabalari ishtirokida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomalar natijalari;
  • oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2020 yil uchun doktoranturaga qabul natijalari;
  • oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning nashr etish faolligi va ular tomonidan xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasi va analitik tizimlardan foydalanish natijadorligi.

Yig‘ilishda mazkur masalalar bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlarining ma’lumotlari tinglandi hamda tizim oldidagi vazifalar sarhisob qilinib, soha mutaxassislari tomonidan ta’lim rivojiga oid takliflar berilishi, shuningdek, markaziy yo‘nalishlardagi vazifalar belgilab berildi.

Mazkur videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining mutaxassis xodimlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining videoselektor o‘tkaziladigan studiyasida ishtirok etishdi.

 

Share