Sirtqi ta’lim talabalarining imtihon-konserti bo‘lib o‘tdi

Sirtqi ta’lim talabalarining imtihon-konserti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqiy pedagogika fakulteti  “Cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash” kafedrasining sirtqi tahsil oluvchi talabalari ishtirokida orkestr fanidan qishki imtihon-konserti bo‘lib o‘tdi.

Sherzod Umarov orkestrga badiiy rahbarlik qildi. Konsert davomida talabalar o‘zlarining o‘zlashtirgan mahorat va tajribalarini ijrodan namoyon etdilar.

Konsert so‘ngida O‘zbekiston davlat konservatorisining O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, professor Avaz Mansurov sirtqi ta’lim talabalarini samimiy tabriklab, ularga o‘z maslahat va tavsiyalarini berdi.

 

Share

Tavsiya etilgan