MDH mamlakatlari talabalarining xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

MDH mamlakatlari talabalarining xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

2019 yilning 21-23 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Gnesinlar nomidagi rus musiqiy akademiyasida MDH mamlakatlari oliy o‘quv yurtlari talabalarining xalq cholg‘ularida ijrochilik hamda mahorat darslarini o‘tkazish bo‘yicha VI Xalqaro musiqiy ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘zbek musiqa ijrochiligi fakultetining “Akademik ijrochilik” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nabieva Malohat Abdumajidovna sinfidan 1-kurs talabasi Alijonova Muqaddas balalayka nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etdi.

Tanlovni Hakamlar hay’ati a’zolari: Rossiya Federatsiyasining xalq artistlari, xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari, butunjahon xalqaro tanlovlar laureatlari, professorlar, yetuk balalayka-domra ijrochilari – V.Ye.Zajigin, B.V.Boldыrev, N.M.Aldanov, A.Yu.Vrodlives, V.P.Kruglov, N.N.Shkrebko, N.V.Anchutino, Ye.I.Zabavskayalar tanlov ishtirokchilarini munosib baholab bordilar.

Tanlovda 1-kurs talabasi Alijonova Muqaddas 12 ta mamlakat qatnashuvchilari va  27 nafar balalayka yo‘nalishi qatnashchilarining magistr talabalari orasidan faxrli 3-o‘ringa munosib deb topildi hamda 12 ming rubl pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Alijonova Muqaddas tanlov shartlari bo‘yicha XVII-XVIII asr jahon klassik asarlari, kantilena va yirik shakldagi asarlar hamda o‘zbek kompozitorlari asarlarini jo‘rnavoz Ahmedova Yulduz bilan birgalikda dutor alt, dutor prima cholg‘ularida mahoratli ijro etib, hakamlar va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Laureat murabbiyi, katta o‘qituvchi Nabieva Malohat Abdumajidovna tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

Share