Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida

Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida

Joriy yilning 17-dekabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida “Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida” mavzusida Respublika miqyosidagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar, respublika xotin-qizlarining huquqiy manfaatlari xususidagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sayyora Hamdamova ham ushbu seminar-treningda ishtirok etib, Oliy talim vazirligining sertifikatiga ega bo‘ldi.

 

Share