MALAKAVIY AMALIYOTLARNI O‘TKAZISH BO‘YICHA SEMINAR-TRENING

MALAKAVIY AMALIYOTLARNI O‘TKAZISH  BO‘YICHA SEMINAR-TRENING

2019 yil 17 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 116 – xonasida Malakaviy amaliyotlarni o‘tkazish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Malakaviy amaliyot bo‘limi rahbari, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulchehra Abdullaevna Qurbonova o‘tkazdi.

Tadbirda guruhlarga biriktirilgan malakaviy amaliyotga mas’ul professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida savollar orqali professor-o‘qituvchilarning fikrlari bilan o‘rtoqlashildi hamda malakaviy amaliyot masalalari bo‘yicha BBB metodikasi orqali ma’lumotlar almashinildi. O‘qituvchilar hozirgi kundagi malakaviy amaliyotning mazmun-mohiyati, amaliyot davrida yuritiladigan hujjatlar haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Share

Tavsiya etilgan