2019/2020 o‘quv yili uchun Davlat stipendiyatlariga guvohnomalar topshirildi

2019/2020 o‘quv yili uchun Davlat stipendiyatlariga guvohnomalar topshirildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 9-sentabrdagi 806-son buyrug‘iga muvofiq tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha tanlov komissiyasining 2019-yil 18-sentabrdagi bayonnomasiga asosan iqtidorli talabalarga 2019/2020 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari tayinlangan.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘zbek musiqa ijrochiligi fakultetining 4-kurs talabasi Tosheva Marjona Rustam qizi Islom Karimov Davlat stipendiyasiga, Akademik ijrochilik fakultetining 3-kurs talabasi Isroilova Sarvinoz Nodirbek qizi Navoiy Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lganlar.

Joriy yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan Davlat stipendiyatlariga guvohnomalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Guvohnomalarni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov topshirdi.

Yosh iqtidor egalarini yana bir bor muborak etib, o‘qishlariga va ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Share