O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o’qituvchi va talabalari ishtirokida ma’ruza-konsert

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o'qituvchi va talabalari ishtirokida ma’ruza-konsert

2019-yil 14-dekabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 243-umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek tarixi va nazariyasi” kafedrasi mudiri Ch.Ergasheva va “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Shokirova rahbarligida ma’ruza-konserti o‘tkazildi.

Konsertning ma’ruza qismini “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi talabalari M.Yoqubova, M.Ashurova, N.Sotvoldieva va D.To‘xtasinova olib bordilar.

“Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi talabalaridan D.Taniqulov, I.Dadaxonov, Sh.Iskandarov, B.Ne’matjonov, Q.Matnazarov, S.Yo‘ldoshevlar esa o‘zbek musiqasining mumtoz kuy-qo‘shiqlaridan ijro etdilar.

“Estrada xonandaligi” kafedrasining 2-kurs talabalari F.Farhodov va M.Mirzaevalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida mashhur estrada qo‘shiqlaridan namunalar ijro etib, o‘quvchilarni raqsga jalb etdilar.

Ikkinchi kurs talabasi V.Grigorev akkordeonda klassik musiqa namunalaridan ijro etib, o‘quvchilarni bahramand etdi.

Konsert so‘ngida katta o‘qituvchi I.Shokirova 243-maktab o‘quvchilariga rus tilida sinfdan tashqari o‘qishlari uchun kitoblar taqdim etdi.

 

 

Share

Tavsiya etilgan