SAYLOV 2019

SAYLOV 2019

Joriy yilning 13-dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi “5-O‘qchi” okrugi ma’sul kotibi F.Qurbonova va 645-saylov uchastkasi raisi B.Mirpayazovlar yaqinlashib kelayotgan saylov munosabati bilan konservatoriya talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Unda saylov kompaniyasi 2019-yil 20-sentabrdan boshlanganligi, saylovlar yangi Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qatnashchilarga saylov komissiyasining faoliyati, tarkibi, saylov okruglari va uchastkalarining tuzilganligi hamda ularning joylashgan yeri, ish vaqti to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, saylovchilarning hamda saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati tanishtirildi.

Uchrashuv davomida nomzodlar to‘g‘risidagi, shuningdek, ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi ma’lumotlarni berish tartibi haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

.

 

Share

Tavsiya etilgan