“Iste’dod yog‘dulari”

“Iste’dod yog‘dulari”

2019 yil 13 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida “Iste’dod yog‘dulari” nomli konsert bo‘lib o‘tdi. Konsert O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida tashkil etildi.

“Iste’dod yog‘dulari” nomli konsert dasturida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari, festival hamda anjumanlarning faol ishtirokchi talaba-yoshlari qatnashdilar.

Tadbirni Maqom markazi rahbari Soibjon Begmatov ochib berdi. S.Begmatov o‘z nutqida yurtimizda milliy musiqamizga, ayniqsa maqom san’atiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va natijalar hususida to‘xtaldi.

“Sharq taronalari” XII Xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimi asosida tayyorlangan mazkur konsert Badiiy rahbari O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Abduhoshim Ismoilov, rejissyor O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Bahodir Yo‘ldoshev.

Tashkiliy guruh: “Shuhrat” medali sohibi Kamoliddin Alimaxsumov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti Nabijon Qodirov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi mudiri Mirshod Elov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi Salohiddin Abdupattoyev.

Darhaqiqat, xorijiy davlatlarda yurtimizda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivaliga bo‘lgan qiziqish nihoyatda katta. An’anaga aylangan, ya’ni o‘n ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur anjuman, bu yil o‘zining alohida jozibasi va o‘zgacha tarovati bilan ajralib, festival qatnashchilari va tomoshabinlarda o‘chmas taassurot qoldirgani hammamizga ma’lum. Butun dunyo musiqa ihlosmandlari uchun chinakam bayramga aylanadigan ushbu festival asosida tashkil etilgan “Iste’dod yog‘dulari” konsert dasturi ham anshlag bo‘lib ketdi. Tashrif buyurgan faxriy mehmonlar, tashkilot va muassasa rahbarlari, ijodkorlar va musiqa shinavandalari bir ovozdan konsertga yuqori baho berdilar.

Manba: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Axborot xizmati

 

 

Share

Tavsiya etilgan