“O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” mavzusida seminar

“O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” mavzusida seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo‘mitasi  Toshkent shahar statistika boshqarmasining 20- noyabrdagi 01/1-09-10/3-7078-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy yilning 13 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish” mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida seminar tashkil etildi.

Seminarda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.D.Djanimov ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasining maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berdi. Seminar davomida talabalar mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga  javob oldilar.

 

Share