Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan talaba – yoshlar o‘rtasida Ogahiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan talaba – yoshlar o‘rtasida Ogahiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta  maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi №87-04-2687 xatini ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan talaba – yoshlar o‘rtasida Ogahiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversitetining pedagogi f.f.n., dotsent Matyakubova Tozagul Rajapova ishtirok etib, O‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, uni yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘targan, o‘zining serqirra ijodiy merosi bilan madaniyatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan ijodkorlardan biri Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy hayoti  hamda uning yuksak badiiyat namunasi bo‘lgan lirik she’rlari, xalqimiz hayotini yorituvchi tarixiy asarlari va tarjimalari haqida ma’lumotlar berdi.

Adabiy tadbirga xulosa sifatida Ogahiyning barcha asarlarida axloqiy pok­lik, ma’naviy yetuklik, botiniy go‘zallik, hayotsevarlik, insonparvarlik, ishq-vafo, haqiqat, adolat singari mavzularning badiiy talqini o‘z aksini topgani asrlar osha  yosh kitobxonlarga ma’naviy-ruhiy kamolotiga xizmat qilib kelmoqda deksak mubolig‘a bo‘lmaydi.

 

 

Share

Tavsiya etilgan