YOSHLIK PARVOZI DAVOM ETMOQDA

YOSHLIK PARVOZI DAVOM ETMOQDA

Konservatoriyaning  “Xalq cholg‘ularida ijrochilik”  kafedrasi ixtisoslik faniga alohida urg‘u berib, yakka ijrochi, cholg‘u o‘qituvchisi sifatida mustaqil kasbiy ish faoliyat ko‘rsatadigan, yuqori musiqa ijrochilik mahoratiga ega kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan. Talabaning asosiy rahbari hisoblangan mutaxassis ustoz-o‘qituvchi uni faqat professionalgina emas, balki jamiyatning badiiy didini, ilg‘or musiqa san’atini ommalashtira oladigan faol madaniyat arbobi qilib tayyorlashni maqsad qiladi.

Asosiy maqsad –talaba cholg‘u ijrochiligi, yakkaxon ijrochilik, ansambl, orkestr cholg‘ulari, jahon va o‘zbek musiqa merosi haqida tasavvurlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan. Talaba ixtisoslik fanini o‘zlashtirar ekan, iqtidorini rivojlantirishga harakat qilishi, o‘ziga xos jihatlarini to‘la namoyon etishi, kompozitorlar uslubida ixtisoslashuv cholg‘usi ijrochiligiga oid barcha tajribalardan foydalangan holda sozandaga saboq berish, jahon klassik va zamonaviy kompozitorlarining yakka cholg‘u ijrochiligiga, orkestrga mo‘ljallangan asarlarni va ansambl, kamer ansambli ijrochiligi repertuarini o‘rganish, mashhur musiqachi-ijrochilarning magnit-disk yozuvlarini eshitib  o‘zlashtirish, milliy ijrochilik uslubini qo‘llay bilishi kabi bilim va ko‘nikmalarni namoyish eta olsagina ixtisoslik fani vazifalarini bajargan hisoblanadi.

Ixtisoslik fanini o‘zlashtirishda ta’limning zamonaviy metodlari  (xususan, interfaol), pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ijodiy o‘quv jarayonida unumli qo‘llaniladi. Bunda Axborot-resurs markazi kompyuterlari, internet, “Ziyonet” kabi axborot-resurs tarmoqlari, maxsus veb-saytlar sahifalaridan unumli foydalanish, maxsus o‘quv adabiyotlari – darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, metodik tavsiyalar, nota grafikasi yuzasidan amaliy kompyuter dasturlaridan keng foydalanish nazarda tutiladi.

Ixtisoslikni to‘liq egallagan ijrochi musiqa sohasidagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, opera teatri va studiyalar, turli ijodiy jamoalarda, musiqiy madaniyat muassasalarida ishlash ko‘nikmalarini olish imkoniyatlarini qo‘llay oladilar.

Hozirgi kunda talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, ta’lim jarayoniga yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarning tadbiq etilishio‘qituvchilarning dars o‘tishlariga keng yo‘l ochib bermoqda. Darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, sintezatorlar hamda musiqiy kompyuter dasturlaridan foydalanish fanni yanada chuqur o‘zlashtirishda yordam beradi. Yakka (amaliy) darslarda zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi.

O‘qituvchilarning ixtisoslikdagibirinchi darajali burchlari – ta’lim va tarbiya ishlarini mushtarak holda olib borib, malakali ijrochi-sozandani tarbiyalash, amaliy mashg‘ulotlarda ijrochilik san’atiga mehr bilan qarash, o‘zi tanlagan ixtisoslikni e’zozlash, sevib o‘rganish, o‘qish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish hisoblanadi. Asarlarni tanlashda va o‘quv tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishda har bir talabaning shaxsiy imkoniyati, musiqiy qobiliyati, musiqiy bilim doirasi, ijrochilik imkoniyatlari darajasi e’tiborga olinishi talab etiladi.

Talabalarga o‘quv jarayonida avval olgan ijrochilik ko‘nikmalarini puxtalashtirish va ularni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda,  notalarni varaqdan ravon o‘qish, nota matnini aniq, tekis va erkin ijro etish sozanda-ijrochilarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Bu sozanda-ijrochilarning umumiy musiqiy-nazariy bilim doirasining yanada kengayishiga katta hissa qo‘shadi. Natijada talabalar Davlat attestatsiyasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishlari, nazariy va amaliy vazifalarni to‘laqonlibajarishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Yakunlovchi 4-kurs talabalarining Davlat attestatsiyasiga ixtisoslik bo‘yicha ijro dasturini yuqori darajada tayyorlash jarayonini yanada jadallashtirish, chuqurlashtirish, ijro dasturining badiiy jihatlarini yoritish, mohirona ijro etish darajasiga erishish, o‘quv yillari davomida egallangan ijro imkoniyatlarini namoyish etish niyatida 5-6 marta sahnaviy chiqishlar, maxsus konsertlar uyushtirish rejalashtiriladi. Shunday tadbirlar orqali bitiruvchi talaba Davlat attestatsiyasida yuqori sa’viyadagi ijro mahoratini ko‘rsata oladigan holatga tayyorlanadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ijrochilik san’ati o‘z rivojlanishining ma’lum bosqichini bosib o‘tyapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan kompozitorlik maktablari tomonidan xalq cholg‘ulariuchun maxsus asarlar yozish imkoniyati yaratildi. Yurtimizda musiqa san’ati sohasi bo‘yicha iste’dodli, tajribali ustozlar tomonidan yuqori malakali mutaxassislarning tarbiyalanayotganligi ijrochilik san’atiga, cholg‘uda ijro etish va o‘rganish uslubiyati yo‘nalishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu qatorda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining sobiq talabasi,professor v.b. B.Mirpayazov sinfida tahsil olgan Shohruh Abdullaevimkoniyatlarga to‘la yurtning farzandi ekanligidan faxrlanib,ijodiy faoliyatini rivojlantirib borayotganiniquvonch bilan aytib o‘tmoqchimiz. U Xalqaro va respublika tanlovlari sovrindori, sozandalik bilan birga ustozlik faoliyatini ham uyg‘un holda olib bormoqda. U“Sibilius” nota yozish dasturi orqali bir necha asarlarni notalashtirdi. Qashqar rubobi uchun asarlar yaratishga erishdi, asosiysi cholg‘uda ijro mahoratini oshirib, turli sahnalarda konsert dasturi bilan chiqishlari orqali tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda.Shunday tadbirlardan biri shu yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida bo‘lib o‘tdi. Dastur turli millat, janrga mansub kompozitorlar asarlaridan iborat bo‘lib, ayrim asarlar birinchi bor sahnada ijro etildi.

Jumladan,Shohruh Abdullaev rubob va fortepiano uchun moslashtirganDoni Zokirovning “Ko‘rmadim”, Vasif Adigezalovning “Gvozdika”, Xasan Rizaevning “Skerso”, Arif Melikovning “Komdening orzulari” (“Ikki qalb dostoni” baletidan), Abdukarim Usmonning “Konsert Fantaziya”;Said Rustamovning “Xardasan”,Sardar Farasovning “Rondoletto”, Aleksandr sыgankovning  “Korobeyniki” (rus xalq kuyi), FransisLeyning duet va fortepiano uchun moslashtirilgan “Melodiya”(“Muhabbat tarixi” kinofilmidan), Sh.Abdullaev duet va fortepiano uchun moslashtirgan asarlarini Tohir Rajabiy va Shohruh Abdullaev ijro etdilar.

Shohruh Abdullaev rubob va fortepiano uchun moslashtirganKamal musiqasi,qashqar rubob va fortepiano uchun moslashtirgan “Sandan nigaranam” asarlarini Shohruh Abdullaev, Toshtemur Shukurullaev, Faxriyor Qosimov va Alfiya Abdullaevalar ijro etdilar.

Ali Niyazыmbetovning “Sevgi fazosi”, Gipsy Kingsning“A Mi Manera” musiqalariniSh.Abdullaev va konsert mehmoni A.Niyazыmbetov;Xoji Abdulaziz Abdurasulovning “Guluzorim”– konsert mehmoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Rajabiylartomonidan mohirona ijro etildi.

Xalqaro va respublika tanlovlari sovrindori, qahramonimizningturmush o‘rtog‘i Alfiya Abdullaevaushbu konsertda jo‘rnavozlik qilib o‘z mahoratini namoyish etdi.

Har tomonlama yaxshi tashkillashtirilib, mazmunli o‘tadigan bunday konsertlar sozandalar mahorati, badiiy ijro, talqin, cholg‘uning ijro imkoniyatlarini namoyish etish bilan birga, tinglovchilar, ayniqsa yosh sozandalarga ibrat vazifasini o‘taydi.

Konsertga tashrif buyurganlarda katta ijobiy taassurot qoldirgan Shohruh Abdullaev va konsert ijrochilariga esa yana yangi ijodiy parvozlar tilaymiz!

Baxtiyor Azimov, pedagogika fanlari nomzodi,

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining

“Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi dotsenti

 

Share