“Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!”

“Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!”

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda bugun “Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Yosh iste’dodlar orkestri jo‘rligida jonli tarzda Vatanimiz madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi Rustam Abdullaev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, nafaqadagi polkovnik, “Eng ulug‘, eng aziz”, “Vatan uchun yashaylik”, “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” Respublika tanlovlari g‘olibi Zikrilla Ne’matov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining “Vatanparvar” jamoasi badiiy rahbari Alisher Hamraevlar so‘zga chiqib, davlat ramzlarining muqaddasligi, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatishi bilan qadrli ekanligi haqida fikrlar bildirdilar. Ma’rifat targ‘ibotchilari madhiyamiz milliy qadriyatlarni qadrlash, vatanparvarlik, bunyodkorlik, barqarorlik va birodarlik timsoli ekanini alohida ta’kidlashgan bo‘lsa, taniqli bastakorlar madhiyamizning yaratilish tarixi, undagi so‘z va kuy uyg‘unligi, shuningdek, dunyo davlatlari madhiyalari xususida to‘xtalib o‘tishdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilardan batafsil javoblar oldilar.

Share

Tavsiya etilgan