USTOZ VA TALABALARNING BAYRAM TADBIRIDAGI ISHTIROKI

USTOZ VA TALABALARNING BAYRAM TADBIRIDAGI ISHTIROKI

2019-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Musiqiy pedagogika fakulteti dekani Ahadjon Mamadaliev, “Cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash” kafedrasi o‘qituvchisi Umida Hamidova va u rahbarlik qilayotgan 1-kurs talabalari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida qatnashdilar.

Talabalarning ustozlari boshchiligidagi chiqishlari va ularning ijro mahoratlari bayramga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Konsert dasturi tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Share