“EKOLOGIYA VA SALOMATLIK” MAVZUSIDAGI SEMINAR

“EKOLOGIYA VA SALOMATLIK” MAVZUSIDAGI SEMINAR

2019-yil 4-dekabr kuni Qayum Zoirov nomidagi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash muzeyida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi. Seminarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining  O‘zbek maqom san’ati va Akademik ijrochilik fakultetlarining 3-kurs talabalari ishtirok etishdi.

“Ekologiya va salomatlik” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirni muzey direktor o‘rinbosari G.Parikova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta o‘qituvchisi Z.Polibayeva tomonidan Abu Ali ibn Sinoning ekologiya va salomatlikka qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, muzey zallari bo‘ylab sayohat tashkillashtirilib, ekskursovodlar – M.Po‘latxo‘jaeva va L.Orlovalar “O‘g‘il bolalar gigiyenasi”, “Qiz bolalar gigiyenasi” zallaridagi ko‘rgazmali eksponatlar va “Shisha Odam” qon aylanish doirasining elektrlashtirilgan maketi, turli mulyajlar, fotosuratlar orqali inson organizmi faoliyatidagi eng muhim jarayonlar sog‘lom turmush tarzi, turli yuqumli kasalliklar xususida to‘liq va qiziqarli ma’lumotlarni berdilar.

Tadbir so‘ngida mavzuga oid film namoyish etildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muzeyi 1973-yilda – Sharqning buyuk hakimi va olimi Abu Ali ibn Sino tavalludining 1000 yilligi arafasida tashkil etilgan.

Sog‘liqni saqlash muzeyiga 1984-yilda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining yirik tashkilotchisi bo‘lgan professor Qayum Zoirov nomi berilgan.

Muzeyda tibbiyot sohasidagi ekspozitsiyalar, tarixiy tib ilmiga oid va taniqli tibbiyot olimlarining asarlari, turli ekspozitsiya va maketlar, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillarda meditsina sohasida erishgan yutuqlar bilan tanishish mumkin.

 

Share