Konstitutsiyamiz barchamiz uchun hayot, taraqqiyot va adolat qomusidir

Konstitutsiyamiz barchamiz uchun hayot, taraqqiyot va adolat qomusidir

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan  6 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida ushbu sanaga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning “Taqdirlash marosimi” qismida Konservatoriyada talaba- yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari va yubiley yoshini nisholayotgan professor-o‘qituvchilar taqdirlandilar.

“Badiiy qism”da “Vatan” – Laziza Usmonova, “Mustahzod” – Saidmurod Topildiev va Abdulahad G‘iyosov, “Kara jo‘rg‘a” – Gulnoza Allaergenova, “Karakalpag‘im” – Timur Nuratdinov, “Lazgi” – Alibek Avazov, “Vatan aziz” – Shahnoza Yoqubjonova va Saidasror Yigitalievlar ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Q.Yakubov ssenariysi asosida tashkil etilgan ushbu tadbir nihoyatda samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Xalqimizning manfaatlarini, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlab, mustaqil yurtimizning istiqboli, taraqqiyoti uchun huquqiy asoslarni belgilab beruvchi konstitutsiyamizning 27 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!

Share