Konstitutsiya – baxtimiz poydevori

Konstitutsiya – baxtimiz poydevori

Joriy yilning 6 dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Tasviriy san’at va Amaliy san’at fakultetlari talabalarining kulolchilik buyumlari, rangtasvir asarlari ko‘rgazmasi, yosh hunarmand Dildora Alimjanovaning milliy taqinchoqlar, liboslar, qo‘lda yasalgan zargarlik buyumlari namoyishi, kitobar ko‘rgazmasi, savdo yarmarkasi tashkil etilib, mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Falsafa fanlari nomzodi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta o‘qituvchisi Davlat Himmatov 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlar haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarga Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va burchlari hamda saylov oldidan olib borilayotgan jarayonlar haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbirda o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, talabalar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiylari, Shayxontohur tumani hokimiyati va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rahbariyati va mas’ul xodimlariga tadbir tashkilotchilari tomonidan tashakkurnomalar berildi.

Share