“KONSTITUTSIYA BILIMDONI” KO‘RIK-TANLOVI

“KONSTITUTSIYA BILIMDONI” KO‘RIK-TANLOVI

Joriy yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston davlat konservatoriyasi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda  Musiqa san’ati fakultetining  “Liberal”,  Estrada san’ati fakultetining “Adolat”, Maqom san’ati fakultetining“ Xuquq targ‘ibotchilari”, Akademik ijrochilik fakultetining “Femida” hamda  Musiqiy pedagogika fakultetining “Ziyo” jamoalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi  o‘tkazildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Akademik ijrochilik fakultetining “Femida” jamoasi 1-o‘rinni, Maqom san’ati fakultetining “Xuquq targ‘ibotchilari” 2-o‘rinni, shuningdek, 3-o‘rinni Musiqa san’ati fakultetining “Liberal” jamoalari egalladilar.

 

Share

Tavsiya etilgan