BISENGALIYEV MURAT KUMARGALIYEVICH BILAN MAHORAT DARSLARI BO‘LIB O‘TDI

BISENGALIYEV MURAT KUMARGALIYEVICH BILAN MAHORAT DARSLARI BO‘LIB O‘TDI

2019-yil 2-dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Kamer zalida “Puflama va zarbli cholg‘ular” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari bilan birgalikda Qozog‘istondan tashrif  buyurgan  Kurmangazi nomidagi qozoq milliy konservatoriyasi katta o‘qituvchisi, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat xodimi, Qozog‘iston Respublikasi Puflama sozlar orkestri solisti, Respublika va xalqaro tanlovlar g‘olibi Bisengaliyev Murat Kumargaliyevich bilan mahorat darsi o‘tkazildi.

Bu kabi mahorat darslari tinglovchilari xorijiy mutaxassislardan qimmatli saboqlarni olishlari hamda o‘z bilimlarini mustahkamlashlari, shuningdek, yangi ijod mahsullarini tinglab zavq olishlari ham mumkin bo‘ladi.

Share