Oliy ta’lim muassalari rahbarlari uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Oliy ta’lim muassalari rahbarlari uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2019 yil 7 noyabrdagi 25474-sonli topshirig‘iga muvofiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlarida xorijiy investitsiya va grantlarni jalb qilish, xalqaro hamkorlik faoliyatini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida sohaning tajribali mutaxassislari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazish, treninglarning videodarslarini va uslubiy ko‘rsatmalarini yaratish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha Toshkent moliya instituti bazasida 2019 yil 2-3 dekabr kunlari respublika oliy ta’lim muassasalarining Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektorlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur trening va seminarlar oliy ta’lim muassasalarining investitsiyalarni jalb qilishdagi rolini, tadqiqotlarning tijoratlashuvini yaxshilashga, grant mablag‘larini jalb qilishga va akademiya hamda xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga imkon yaratadi.

Treninglar davomida ishtirokchilar arizalar qanday ishlab chiqilishi, oliy ta’lim muassasasining ilmiy-akademik portfeli qanday yaratilishi,  oliy ta’lim muassasasi bozorda o‘z o‘rnini qanday mustahkamlashi mumkinligini va investorlarni jalb qilishning chora-tadbirlari rejasi haqida ma’lumotlar olishadi.

Share