“KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

“KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining  27 yilligi arafasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o‘rtasida “Konstitutsiya –baxtimiz qomusi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda 1-o‘rinni Bastakorlik ta’limi yo‘nalishi 2-kurs talabasi Tursunboyev Begzodbek, 2-o‘rinni Damli va zarbli cholg‘ular ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Egamberdiyev Umidjon, 3-o‘rinni Damli va zarbli cholg‘ular ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Mamatqulov Mirzohidlar egallashdi.

Tanlov g‘oliblarini bayram oldi tadbirida tantanali ravishda taqdirlash ko‘zda tutilgan.

 

Share