3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili 3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanib kelinmoqda.

Bugun, 3 dekabr kuni  O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham mehr-muruvvat oyligi doirasida “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlangan respublika tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Konservatoriyada tahsil oluvchi nogironligi bor 25 nafar talaba-yoshlarni hamda ikki nafar pedagog-xodimlarni bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori B.Sayfullaev tabriklab, ularga pul mukofotlari topshirdi.

Sana munosabati bilan konsert dasturi va bayram dasturxoni ham tashkillashtirildi.


Share