“Open Asia” Xalqaro tanlovi Gran-pri sovrindorlari

“Open Asia” Xalqaro tanlovi Gran-pri sovrindorlari

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda “Open Asia” Xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi (2019 y. 20-25 noyabr).  Quvonarli jihati, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ham mazkur Xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli qatnashdilar.

Uchta katta guruhga bo‘lingan holda turli yosh kategoriyalari va yo‘nalishlarda o‘tkazilgan tanlovning professional Hakamlar hay’ati tomonidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining  2-kurs talabasi Stetsenko Nikita (20-25 yoshlilar) fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri mukofotiga munosib deb baholandi.

Konservatoriyaning yana bir talabasi Amanbaeva Diana (4-kurs) ham fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Bu ikki talabamizning ustozi Mirqosimova Elmira Zukrullaevna bo‘lib, tajribali pedagogning V.Uspenskiy nomidagi RIMALda tahsil oluvchi ikki o‘quvchisi – Kim Valeriya (9-sinf) hamda Sharipova Sevara (5-sinf) ham shu yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblarni erishgan yutuqlari bilan tabriklagan holda, ularning kelgusidagi o‘qishlariga va ijodlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Share