Antuan Jindtning mahorat darsi

Antuan Jindtning mahorat darsi

Antuan Jindtningmahorat darsi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi A-media jamiyati bilan hamkorlikda zamonaviy opera sahnalashtiruvchi rejissyor janob Antuan Jindtni O‘zbekistonga taklif etdi. 2019 yilning 22 noyabr kuni janob Antuan Jindt O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zalida“Orkestr dirijorligi” va “Akademik xonandalik” kafedralari professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

Mahorat darsida Franchesko Filideyning “Djordano Bruno” operasidan lavhalar namoyish etildi. Zamonaviy opera spektakli sahnalashtirilishining o‘ziga xos jihatlari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Rejissyorlik va prodyusserlik sohalaridagi yangiliklar professor-o‘qituvchilar va talabalarning e’tiborini jalb etib, qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. G‘arbiy va Sharqiy mamlakatlardagi zamonaviy operalarning sahnalashtirilishi yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.

Ushbu mahorat darsida opera interfaol tarzda namoyish etildi. JanobAntuan Jindt dirijor va rejissyor hamkorligining o‘ziga xos jihatlari haqida hikoya qildi. Namoyish chog‘ida berilgan savollar bevosita o‘z javobini topdi.

“Orkestr dirijorligi” va “Akademik xonandalik” kafedralari mehmonga yangi nashr yuzini ko‘rgan adabiyotlarni hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida chop etiladigan “Musiqa” jurnalini esdalik sifatida sovg‘a qildilar.Ijodiy hamkorlikni davom ettirish yuzasidan ham kelishib olindi.

Kelgusida bu kabi mahorat darslarining konservatoriya professor-o‘qituvchilari va talabalariga muntazam ravishda o‘tkazilishi yaxshi ijodiy natijalarga sabab bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

G‘ayratAbrorov,

“Orkestr dirijorligi”kafedrasimudiri,

MTS dirijori

Share