Yoshlar Forumi taassurotlari

Yoshlar Forumi taassurotlari

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi magistrantlari Bobirjon Solijonov va Aliya Sidikovalar Andijonda bo‘lib o‘tgan I-Respublika talabalar Forumida qatnashib qaytdilar. Bugun magistrantlarimiz, bakalavr va magistratura talaba yoshlari forumdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Yig‘ilishda konservatoriya Murabbiylar kengashi raisi B.Azimov,  Magistratura bo‘limi boshlig‘i M.Abrorova, Yoshlar ittifoqining konservatoriyadagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Xoshimov, dotsent A.G.Budarina va talabalar qatnashdilar. Magistrantlar tadbir davomida olingan foto lavhalarni namoyish etdilar. Ular tomonidan tayyorlangan Prezentatsiya yig‘ilganlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Magistrantlar konservatoriya rahbariyatiga forumda ishtirok etishga imkoniyat yaratib berganliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, kelgusida talaba yoshlarga bu kabi tadbirlarda qatnashish nasib etish istagini bildirdilar.

 

Share